
Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazi 17-oktabr, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 20-22 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
“Oʻzgidromet” 17-oktabrda Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 18–19-oktabr kunlarida respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida harorat pasayib, qator hududlarda yomgʻir yogʻishini maʼlum qilgandi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q