Siyosat
Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashining oltinchi sammiti oʻz ishini boshladi.
Ushbu mamlakat tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov galdagi anjuman 50 ga yaqin delegatsiya vakillarini bir joyga toʻplashini maʼlum qilgandi.
Avvalroq Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toʻqayevning taklifiga binoan 12-oktyabr kuni Ostona shahriga joʻnab ketgani xabar qilingandi.
Qozogʻiston raislik qilayotgan oliy darajadagi navbatdagi uchrashuv OHICHKni chaqirish tashabbusining 30 yilligiga toʻgʻri keldi. Sammitga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar, tashkilotlar, hamkor tuzilmalar yetakchilari taklif etilgan.
Osiyo kengashi sammiti pandemiyadan keyingi davrda qitʼadagi eng yirik siyosiy tadbirlardan biriga aylanishi kutilyapti. Tadbir davomida, jumladan, Qozogʻiston raisligidagi ikki yillik faoliyat sarhisob qilinadi.
11 davlat rahbari ishtirok etadigan sammit davomida bir qator hujjatlar imzolanishi, qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109957
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73392
Jamiyat
//
Izoh yo‘q