
Jamiyat
2023-yildan viloyat byudjetlari qoʻshimcha mablagʻlarining 30 foizi “Tashabbusli byudjet” loyihalariga beriladi. Bu haqida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtdi.
“Umuman, kelgusi yildan boshlab mahallalardagi infratuzilma uchun mablagʻlar faqatgina „Tashabbusli byudjet“ orqali aholi ovoz bergan loyihalarga ajratiladi. Bunda „Tashabbusli byudjet“ loyihalari uchun mablagʻlar 3,5 baravarga oshirilib, 8 trln soʻmga yetkaziladi”, – dedi Prezident.
Qolaversa, Prezident “Tashabbusli byudjet” loyihasini yanada kengaytirish va ommalashtirish zarurligini aytib, bir hafta muddatda har biri 2 mingdan ortiq aholi ovozini toʻplagan, lekin gʻolib boʻlmagan 364 ta loyiha uchun qoʻshimcha 335 mlrd soʻm ajratishga koʻrsatma berdi.
“Shunda adolat boʻladi, odamlar oʻzlari hissa qoʻshgan loyihalarni albatta asrab-avaylaydi”, – deya taʼkidladi u.
Shuningdek, davlat rahbari mutasaddilar eʼtiborini respublika boʻyicha 1,5 mingta mahalla aholisi birorta loyihaga ovoz bermaganiga qaratdi.
Yaqinda mahallalarda raislar saylovi boʻlib oʻtgani, yangidan saylangan raislar odamlarga vaʼdalar bergani, lekin taqdim etilayotgan bu imkoniyatdan foydalanmayotganini koʻrsatib oʻtdi. “Mudrab oʻtirgan” raislarni faollikka chaqirish, kerak boʻlsa oʻqitish kerakligi aytdi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q