Toshkent shahrida “Tamerlan” nomli sartaroshxona ochilgani eʼtirozga sabab boʻldi

Saqlash
16:11 / 12.10.2022 1359 0

Toshkent shahrida “Tamerlan” nomli sartaroshxona ochilgani ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

 

Telejurnalist Dildora Hasanova feysbukdagi shaxsiy sahifasida shunday deb yozadi: “Toshkentda Fanlar akademiyasining burni tagida buyuk bobomizni haqoratlab, Tamerlan (Temur choʻloq) deb sartaroshxona ochilgan. Bu narsa Fanlar akademiyasidagi birorta olimning gʻururiga tegmaydimi? Ehtimol, sochini oldirib chiqar shu yerda? Yonginasida turib, oʻzbekning ustidan kulib oʻtirgan anavilarga, birorta odam kirib gapira oladimi? Zarracha gʻururingiz bormi, hey Fanlar akademiyasidagilar?”

 

Izohlarda koʻpchilik Dildora Hasanovaning fikrini qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, boshqalar nom tanlaganlar soʻzning maʼnosini umuman tushunmasligini taxmin qilgan. Bundan tashqari, bir qancha foydalanuvchilar nomni roʻyxatdan oʻtkazishga masʼul tashkilotlarni ham tanqid ostiga olgan.

 

 

 

Telejurnalist Dildora Hasanova maʼlum vaqtdan soʻng post tagidagi izohda olimlari befarq yurt rivojlanmasligini taʼkidlab, Yashnobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda sartaroshxona nomi oldirib tashlanganini maʼlum qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//