Jamiyat
“Quvonch koʻz yoshlari yuzi” yoki “yigʻlab kulayotgan yuz” emojisi oʻzbekistonliklar Twitter ijtimoiy tarmogʻida eng koʻp ishlatiladigan emoji deb topildi. Bu haqda Crossword-Solver nashri maʼlum qildi.
Tadqiqotlarga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston mazkur emoji juda koʻp foydalanishi aniqlangan.

Shuningdek, Eron, Ozarboyjon, Iroq, Turkiya kabi mamlakatlarda yashovchilar ham ijtimoiy tarmoqda koʻp “kuladi”.
Turkmaniston va Tojikiston aholisi oʻzining davlat bayrogʻi tasvirlangan emojidan koʻp foydalanadi. Buni vatanparvarlik va mazkur mamlakatlardagi avtoritar tuzum bilan bogʻlash mumkinligi aytilmoqda.
Oʻzbekistonga shimol va shimoli-sharqda chegaradosh Qozogʻistonda esa pushti rangli yurakcha emojisi ommalashgan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112440
Jamiyat
95103
Jamiyat
91329
Jamiyat
76020
Jamiyat
//
Izoh yo‘q