Ilm-fan
Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi Abdulaziz Nazirovning maʼlumot berishicha, yil boshidan beri “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 6216 nafar yoshga 30 milliard 745 million soʻm mablagʻ ajratilgan. Bularning eng asosiysi asbob-uskuna va mehnat qurollariga sarflangan. Shuningdek “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga koʻproq taʼlim kontraktini toʻlab berish masalasida yordam koʻrsatilgan.
“Masalan, 1843 nafar talabaga 11 milliard 630 million soʻm kontrakt pulini toʻlab berdik. Rejamizda yoshlarning 3 milliard 100 million soʻmlik kontraktini toʻlash koʻzda tutilgan”, – dedi Abdulaziz Nazirov.
Bundan tashqari, hisobotda aytilishicha, 1 million 163 nafar imkoniyati cheklangan yoshga 1 milliard 184 million soʻm bir martalik yordam ajratilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Jamiyat
110986
Jamiyat
94498
Jamiyat
90431
Jamiyat
74449
Jamiyat
//
Izoh yo‘q