Siyosat
Kecha, 10-oktyabr kuni Nyu-York shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Gayana Kooperativ Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida Qoʻshma kommunike imzolandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Ikki davlat hukumati nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov va Gayana Kooperativ Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Karolayn Rodriges Birket imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qoʻshma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. Hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Hujjatning imzolanishi Oʻzbekistonning Janubiy Amerika davlatlari bilan oʻzaro hamkorligini kengaytirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.
Gayana Kooperativ Respublikasi Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 142-davlat boʻldi.
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
112450
Jamiyat
95114
Jamiyat
91345
Jamiyat
76033
Jamiyat
//
Izoh yo‘q