Bankomatlarda foizsiz naqdlashtirish haqidagi xabarlar rad qilindi

Saqlash
20:21 / 11.10.2022 612 0

Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda bankomatlardan naqd pul yechishni foizsiz amalga oshirish joriy etilishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Moliya vazirligi rasmiysi mazkur xabarni rad etib, bunday tartib rejalashtirilmayotganini qayd etdi.

 

“Ijtimoiy tarmoqlarda davlat banklari aksiyadori boʻlgan tijorat banklari kartalaridan bankomatlarda naqdlashtirish komissiyasi bekor qilinishi haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, bunday reja yoʻq”, – deydi vazirlik xodimi.

 

Shuningdek, naqdlashtirish komissiyasi bekor qilinsa, banklar bankomatlar tarmogʻini rivojlantirishdan manfaatdor boʻlmay qolishi taʼkidlandi.

 

“Ayniqsa, olis hududlarda bankomatlar shundoq ham zararga ishlaydi, sababi sarf-xarajati koʻp”, – deydi mutaxassis.

 

Eslatib oʻtamiz, Moliya vazirligi Oʻzbekistonda aksariyat davlat banklarining asosiy aksiyadori hisoblanadi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//