Jamiyat
Bosh prokuratura huzuridagi departament organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda ATB «Xalq banki» Samarqand viloyati amaliyot bo‘limi mas’ul shaxslari kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha ta’minotni tanlash va qabul qilish to‘g‘risidagi talablarga amal qilmasdan, «J.Ch.» MCHJga savdo va aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 1,8 mlrd so‘m kredit ajratgani aniqlandi.
Shuningdek, departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «P.I.» MCHJ ish boshqaruvchisi M.E. hududiy tijorat banki filialidan imtiyozli shartlar asosida 6 nafar fuqaroga ajratilgan 166,7 mln so‘m kredit mablag‘i evaziga naslli chorva molini yetkazib bermasdan, kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan.
Shunga o‘xshash holat, Sergeli tumanida ham aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ATB «InFinBank» filiali orqali fuqaro X.P. va boshqalar bank ajratgan 408,8 mln so‘m kredit hisobidan 5 dona «Nexia-3»avtomashinasini xarid qilgan va soxta hujjatlar orqali garovga qo‘yilishini ta’minlamasdan boshqa shaxslarga sotib yuborgan va ushbu mablag‘larni talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q