Sport
Ozarbayjonning Naxchivan shahrida 16 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasidagi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi yakunlandi.
Maʼlum qilinishicha, bahslarda ishtirok etgan Oʻzbekiston-1 terma jamoasi 9 tur yakuniga koʻra, ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Vakillarimiz musobaqa davomida 7 ta gʻalaba, 1 ta durang va 1 ta magʻlubiyat qayd etgan holda, 15 ochko jamgʻarib, ikkinchi oʻrinni egallashdi.
Birinchi oʻrinni 18 ochko jamgʻargan Turkiya vakillari band etishdi. Kuchli uchlikka esa Ozarbayjon-1 terma jamoasi (13 ochko) yakun yasadi.
Shuningdek, ushbu oʻsmirlar shaxmat Olimpiadasida qatnashgan Oʻzbekiston-2 terma jamoasi esa 11 ochko bilan 7-pogʻonani band etdi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
111699
Jamiyat
94652
Jamiyat
90642
Jamiyat
75192
Jamiyat
//
Izoh yo‘q