Jamiyat
Joriy yilda 1-kursda tahsil olayotgan, ijarada yashaydigan talabalarga, istisno tariqasida, sentabr va oktabr oyi ijara toʻlovlarining 50 foizi, Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha (hozirda 300 ming soʻm), qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha (hozirda 150 ming soʻm) hech qanday ijara shartnomasi talab etilmasdan toʻlab beriladi. Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan toʻlovlar davom ettiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Hukumat qarori bilan 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi budjet mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi belgilangandi.
Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun ijarada turadigan talabalar oʻzi taʼlim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari yoki oliy taʼlim muassasasining talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimiga murojaat qilishlari mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q