Oʻzbekiston Indoneziya bilan turizm va madaniy meros sohalarida tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻymoqchi

Saqlash
12:10 / 11.10.2022 703 0

Balidagi III Butunjahon ijodiy iqtisodiyot konferensiyasi doirasida Indoneziya turizm va ijodiy iqtisodiyot vaziri Sandiaga Uno bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqida Madaniy meros agentligi axborot xizmati maʼlum qildi. 

 

Uchrashuvda Oʻzbekiston tomonidan Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdikarimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktori maslahatchisi, Kommunikatsiya va strategik rivojlanish boshqarmasi boshligʻi Elmurod Najimov hamda Jamgʻarmaning Taʼlim va inklyuzivlik boshqarmasi boshligʻi Madina Badalova ishtirok etdi.

 

Maʼlum qilinishicha, tomonlar kelgusida mamlakatimizda muzey yoʻnalishi va ijodiy sohani birgalikda rivojlantirish boʻyicha Memorandum imzolash imkoniyatini muhokama qildilar. Shuningdek, Sandiaga Uno Oʻzbekiston madaniyati va namoyandalariga nisbatan uzoq yillik qiziqish mavjudligini taʼkidlab, 2024-yilda boʻlajak konferensiya sharofati bilan Oʻzbekistonga qilinadigan tashrif haqida gapirgan. Ushbu tashrif madaniy tashabbuslar doirasida mamlakatda sayyohlik istiqbollarini rivojlantirish, muzeylar sohasini qoʻllab-quvvatlash hamda xalqaro miqyosdagi mutaxassislar orasida tajriba almashinuvini ragʻbatlantirishga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish