Jamiyat
Bugun, 11-oktabr kuni soat 05:45da A-373 “Toshkent-Oʻsh” xalqaro avtomobil yoʻlining 222,5 kilometri, “Qamchiq” dovoni qismida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.
“Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “VOLVO” rusumli yuk mashinasi haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan va 5 tonnalik hamda 8 tonnalik “ISUZU” yuk mashinalari bilan toʻqnashgan.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida 8 tonnalik “ISUZU”da yongʻin kelib chiqqan.
Voqea joyiga FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari va YPX xodimlari yetib borgan.
Qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar va texnikalar yordamida yonayotgan mashinani soat 06:07 da oʻchirishgan. Shuningdek, hodisa oqibatlarini bartaraf etishga Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar kuch-vositalari ham jalb etilgan.
Qutqaruvchilar tomonidan voqea joyida jabrlangan 3 nafar yuk mashinalari haydovchilariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Hodisa oqibatida halok boʻlganlar yoʻqligi qoʻshimcha qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111744
Jamiyat
94659
Jamiyat
90652
Jamiyat
75230
Jamiyat
//
Izoh yo‘q