Jamiyat
2022-yilning yanvar—sentyabr oylarida Oʻzbekiston boʻyicha 34 464 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan boʻlib, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etadi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, hududlar kesimida eng koʻp nikohdan ajralishlar soni Toshkent shahri (4433 ta) va Fargʻona viloyatiga (3979 ta) toʻgʻri keladi. Har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni boʻyicha Toshkent shahri (2 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekani kuzatilgan.
Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni quyidagicha:
Qoraqalpogʻiston – 1554 ta;
Andijon viloyati – 3673 ta;
Buxoro viloyati – 1986 ta;
Jizzax viloyati – 1231 ta;
Qashqadaryo viloyati – 2731 ta;
Navoiy viloyati – 1060 ta;
Namangan viloyati – 3250 ta;
Samarqand viloyati – 3799 ta;
Surxondaryo viloyati – 2075 ta;
Sirdaryo viloyati – 1337 ta;
Toshkent viloyati – 3845 ta;
Fargʻona viloyati – 3979 ta;
Xorazm viloyati – 1511 ta;
Toshkent shahri – 4433 ta.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q