Sport
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Qozogʻistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi.
OʻFA xabariga koʻra, Toshkentdagi yigʻin doirasida Srechko Katanes shogirdlari Qozogʻiston milliy jamoasiga qarshi 16-noyabr kuni maydonga chiqadi. Bellashuv soat 18:00 da “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
“Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan milliy jamoamiz uchun soʻnggi paytlarda OʻFA tomonidan kuchli sparing-sheriklar tanlab kelinmoqda. Qoʻshnilarimiz Yevropa Millatlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashib, “V” liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Mintaqamizdagi eng kuchli jamoalar bahsi, oʻziga xos derbi futbol muxlislari tomonidan uzoq kutilgan va katta qiziqish uygʻotadigan voqeaga aylanishi shubhasiz”, — deyiladi OʻFA xabarida.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Qozogʻiston milliy jamoalari soʻnggi marta 2007-yilda, Chimkent shahrida oʻtkazilgan “Alma-TV Kubogi” doirasida toʻqnash kelgan va hakamlik mojarosi bilan oʻtgan oʻyin 1:1 hisobida yakunlangan. Oʻzbekiston oʻz tarixida Qozogʻiston bilan 6-marta toʻqnash kelgan va 2 bor gʻalaba qozonib, 1 marotaba yutqazgan. 3 ta bahs esa durang natija bilan yakunlangan.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q