Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-14-oktabr kunlari Qozogʻistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda maʼlum qildi.
“12-14-oktyabr kunlari Prezidentimiz Osiyoda hamkorlik va oʻzaro ishonch choralari boʻyicha kengash yigʻilishi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi hamda «Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida ishtirok etish uchun Qozogʻiston Respublikasiga tashrif buyuradilar.
Tashrif kun tartibida xorijiy davlatlar, shu jumladan, Vetnam Sotsialistik Respublikasi Vitse-prezidenti Vo Txi An Suan, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif va bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish ham koʻzda tutilgan», – dedi Asadov.
Sherzod Asadov shuningdek, 11-oktabr kuni davlat rahbari Oʻzbekistonga tashrif bilan kelgan Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovni qabul qilishini aytib oʻtdi.
Unda hududlararo hamkorlikni yangi mazmun va aniq loyihalar bilan yanada rivojlantirish hamda amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi qoʻshma dasturlarni yanada jadallashtirish masalalarining muhokamasi koʻzda tutilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109957
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73392
Jamiyat
//
Izoh yo‘q