Toshkent markazida avtomobil tezligi 60 km/soatgacha cheklandi

Saqlash
17:22 / 10.10.2022 985 0

Xalq deputatlari Toshkentda avtomobil tezligini kamaytirish boʻyicha tegishli qaror qabul qildi.

 

Sentabr oyi oxirida Shahar kengashi doimiy komissiyasi Toshkent shahrida Kichik halqa avtomobil yoʻli ichida joylashgan barcha koʻchalarda transport vositalarining harakat tezligi soatiga 60 km/soatgacha cheklanishi haqida xulosaga kelgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Bugun, 10-oktabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi harakat tezligini soatiga 60 km/soatgacha cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Shuningdek, ayrim koʻchalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 50 km/soatgacha cheklanadi. Bularga Alisher Navoiy, Maxtumquli, Amir Temur, Kichik halqa avtomobil yoʻli, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat koʻchalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yoʻli kiradi.

 

Qayd etish zarur, bugungi kungacha shaharda ruxsat etilgan tezlik 70 km/soat edi.

 

Bundan tashqari, kelgusida avtomobil tezligini pasaytirish orqali yoʻl transport hodisalari kamayishiga erishilgan taqdirda poytaxtning barcha koʻchalarida tezlikni pasaytirishi boʻyicha taklif kiritiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

12:37 / 05.06.2026 0 35
Dam olish kunlari havo keskin isishi kutilmoqda

Jamiyat

11:48 / 05.06.2026 0 39
Toshkentda Belgiya elchixonasi ochiladi

Jamiyat

11:22 / 05.06.2026 0 37
Chilonzorda ikkita yirik avtoturargoh quriladi

Jamiyat

10:39 / 05.06.2026 0 23
Bugundan OTM va texnikumlarga qabul boshlandi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112446
76028

//