Ilm-fan
Xalqaro olimlar jamoasi Saturnning yoʻldoshlaridan biri Enseladda hayot ehtimoli borligi haqidagi gipoteza foydasiga yangi dalillar topdi.
Tadqiqotchilar muz qatlami bilan qoplangan Enselad okeanida biologik hayot uchun zarur element boʻlgan erigan fosfor boʻlishi mumkinligini taxmin qilgan.
Fosfor inson va hayvonlarda suyaklar, hujayra membranalari va DNKning muhim tarkibiy qismidir. Avval olimlar yoʻldoshda vodorod, azot, kislorod va oltingugurtni, yaʼni hayot paydo boʻlishi uchun muhim elementlarni topgan edi. Ammo fosfor yetishmasligi tufayli Enselad hayot uchun yaroqsiz deb hisoblangandi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112451
Jamiyat
95115
Jamiyat
91357
Jamiyat
76035
Jamiyat
//
Izoh yo‘q