Jamiyat
Toshkent yer usti metrosining 2-bosqichi “Qoʻyliq – Quruvchilar” yoʻnalishining 7-bekatdan 12-bekatgacha boʻlgan 8,5 kilometrlik uchastkasida qurilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmatiga koʻra, ushbu oraliqdagi qurilish ishlari yil oxirigacha yakunlanadi.
“Hozirgi vaqtda 3 ta bekat qurilishi yakunlanmoqda. Qoʻyliq bozoridagi 7-bekatdan 8-, 9- hamda 10-bekatlar Mirobod hamda Sergeli tumanidan oʻtgan Toshkent halqa avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan boʻlib, ayni paytda mutaxassislar tomonidan 7-bekatdan 10-bekatgacha boʻlgan masofada qurilish jarayonining barcha temir-beton ishlari tugatilib, yangi va mustahkam relslar toʻliq oʻrnatib boʻlindi”, – deyiladi korxona maʼlumotida.
Ayni vaqtda Toshkent yer usti halqa metro yoʻnalishining 2-bosqichida amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga 116 ta texnika, mashina va mexanizmlar hamda 2 ming 650 nafarga yaqin malakali muhandis va ishchi-xodim jalb qilingan.
Mazkur yoʻnalish bir kunda 40 mingga yaqin yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega boʻladi.
Maʼlumot uchun, ushbu bosqich qurib bitkazilishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod boʻladi. Bekatlar soni 50 taga yetadi. Metroda yuruvchi kunlik yoʻlovchilar soni 600 minggacha oshadi. 245 ta yangi ish oʻrni yaratilib, metro harakatining tannarxi, aholining jamoat transportiga xarajati va kutish vaqti sezilarli qisqaradi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q