“Yangi O‘zbekiston” bog‘i ro‘parasida 500 dan ortiq daraxt yonib ketdi

Saqlash
15:36 / 06.10.2022 838 0

Shu yilning 7-sentabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanida 500 dan ortiq daraxt yonib ketdi. Hodisa “Yangi Oʻzbekiston” istirohat bogʻi roʻparasida sodir boʻlgan.

 

Deputat Rasul Kusherbayevning Toshkent shahar prokuraturasiga tayanib xabar qilishicha, Yashnobod tumanidagi “Musamuxamedova-Djurayeva Dilfuza” fermer xoʻjaligiga tegishli maydonda jami 533 tup, shundan 2 tup yongʻoq, 446 tup olxoʻri, 83 tup terak daraxtlari nomaʼlum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgani aniqlangan. Oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar 134,9 mln soʻmni tashkil etgan.

 

 

Holat yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 1-qismi (Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish natijasida ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Yashnobod tumani IIO FMB tergov boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Gazeta.uzʼning Bosh prokuratura maʼlumotlariga tayanib yozishicha, yongʻinga quruq oʻtga tashlangan oʻchirilmagan sigaret qoldigʻi sabab boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//