Transport vaziri Ilhom Mahkamov Uzbekistan Airways’ni yana uch yil boshqaradi

Saqlash
15:48 / 05.10.2022 666 0

Uzbekistan Airways aksiyadorlarining joriy yil 30-sentabrdagi yigʻilishida jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash va jamiyat boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uzaytirish haqidagi qaror qabul qilindi.

 

Unga koʻra, 2021-yilning fevralidan buyon aviakompaniya boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Ilhom Mahkamov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini yana uch yilga uzaytirilgan.

 

Yigʻilishda, shuningdek, jamiyatning yangi tahrirdagi Korporativ kodeksini tasdiqlash masalasi ham koʻrilgan.

 

Maʼlumot oʻrnida 2020-yil oktabrdan buyon transport vaziri sifatida ishlab kelayotgan Ilhom Mahkamov bir vaqtning oʻzida Uzbekistan Airways AJning ham rahbari hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//