Jamiyat
Issiqlik taʼminoti tariflari tasdiqlandi. Unga koʻra aholi va tadbirkorlar uchun narxlar oʻzgarmaydi.
Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi 2022—2023-yillar isitish mavsumi uchun issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflarini tasdiqladi. Jismoniy shaxslar, shuningdek, kichik, oʻrta va yirik biznes uchun tariflar avvalgi holda qoladi.
Issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun chakana tariflar quyidagicha:
aholi uchun — 91 960 soʻm/Gkal (2019-yil 15-avgustdan amalda);
kichik, oʻrta va yirik biznes uchun — 141 737 soʻm/Gkal (2019-yil 15-avgustdan amalda).
Budjet tashkilotlari uchun chakana tarif – 502 067 soʻm/Gkalni tashkil qiladi. Ushbu tarif eʼlon qilingan kundan boshlab 15 kun oʻtib, yaʼni 2022-yil 21-oktyabrda kuchga kiradi.
Taʼkidlanishicha, bazaviy va chakana tariflar oʻrtasidagi farq Toshkent shahrining mahalliy budjeti hisobidan subsidiyalanadi.
Maʼlumot uchun, Toshkent shahrining issiqlik taʼminoti tizimini 2022-yil 1-iyuldan boshlab Fransiyaning Veolia kompaniyasiga tegishli “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XKning shoʻ’ba kompaniyasi 30 yil davomida boshqaradi.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109660
Jamiyat
94043
Jamiyat
89823
Jamiyat
72979
Jamiyat
//
Izoh yo‘q