Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilari to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin

Saqlash
15:08 / 05.10.2022 1161 0

Oʻzbekistonda tibbiyot yoʻnalishi bitiruvchilarining toʻliq stavkada ishlashlari uchun imkoniyat yaratilmoqda.

 

“Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 oʻquv yilida:

 

barcha tibbiyot va OTMlarning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yoʻnalishlari bitiruvchi kurslariga toʻliq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya boʻlimlarida shifokor sifatida;

 

barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari boʻyicha toʻliq stavkagacha ishlashi mumkin.

 

Shuningdek, “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yoʻnalishlari boʻyicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashgʻulotlarning nazariy qismini masofaviy oʻzlashtiradi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi shifokorlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi va birinchi bosqichda 2022-yil 1-oktyabrdan Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022-yil 1-noyabrdan barcha hududlarda talabalarni vakant oʻrinlarga ishga joylashtiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//