Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi davomida 15 ta hujjat imzolandi

Saqlash
14:21 / 05.10.2022 690 0

Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Viktor Orban Oʻzbekiston hamda Vengriya oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Hujjatda muzokaralar doʻstona, ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgani qayd etilgan, har tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtirish koʻzda tutilgan, diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil toʻlgani taʼkidlangan.

 

Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida Oʻzbekiston–Vengriya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan 15 ta hujjat imzolandi. Bular:

 

2023–2024-yillarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma dastur;

Fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha harakatlar rejasi;

Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha harakatlar rejasi;

Jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

Fanni rivojlantirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim.

 

Shuningdek, bojxona, adliya, atrof-muhitni muhofaza qilish, bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligi, uzumchilik, investitsiya sohalarida, Oʻzbekiston davlat boshqaruvi akademiyasi va Vengriya Davlat xizmati universiteti, Samarqand viloyati va Xaydu-Bixar okrugi, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi va Tashqi ishlar va savdo instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va Vengriya qishloq xoʻjaligi va tabiiy fanlar universiteti oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandumlar imzolandi.

 

Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga ikki kunlik rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//