20 yoshgacha bo‘lgan qizlarning 372 nafari nikohdan ajralgan

Saqlash
17:12 / 04.10.2022 681 0

Oʻzbekistonda 20 yoshgacha boʻlgan qizlarning 372 nafari nikohdan ajrashgan.

 

Davlat statistika qoʻmitasining xabar berishicha, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida yosh toifasida nikohdan ajrashganlar soni 20 yoshgacha boʻlgan ayollarda – 372 nafar, erkaklarda – 8 nafarni tashkil qilgan.


Mazkur koʻrsatkich 20-30 yosh atrofidagi ayollarda – 15 110 nafar, erkaklarda – 9 147 nafarga teng boʻlgan.

31-40 yoshli ayollar oʻrtasida ajrashish koʻrsatkichi — 10 522 nafarni, erkaklarda – 13 287 nafarni tashkil etgan.


Qolgan yosh toifadagilarda koʻrsatkich quyidagicha:

41-50 yosh: ayollar – 3 530 nafar, erkaklar – 5 093 nafar;

51 yosh va undan kattalar: ayollar – 3 091 nafar, erkaklar – 5 090 nafar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//