
Jamiyat
Chirchiq shahrida joylashgan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez boʻlinmasida 4-oktyabr soat 08:30 larda qisqa portlash yuz bergani, natijada sexning sintez kolonnasida yongʻin kelib chiqqani xabar berilgandi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ matbuot xizmati portlash yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
“Hodisa oqibatida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagan. Yongʻinni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, voqea joyiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya aʼzolari zudlik bilan yetib borgan va hozirda hodisa sabablari oʻrganishni boshlagan.
Viloyat hokimligining axborotida esa zavodning ikki xodimi jarohatlangani aytildi. Ular hozirda Chirchiq shahridagi shifoxonada ekanligi aytilmoqda.
Hokimlikka koʻra, ayni paytda “MAXAM-CHIRCHIQ” AJda vujudga kelgan yongʻin toʻliq bartaraf etilgan. Hodisaning sabab va oqibatlarini atroflicha baholash mutaxassislar tomonidan alohida tekshiruvni talab qilishi tufayli, keyinroq batafsil axborot beriladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q