
Jamiyat
Oʻzbekistonda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan 32 783 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berildi.
Bu haqda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Ozoda Parpiboyeva, IIV HPX boshligʻi oʻrinbosari Umida Abdullayeva, Bosh prokuratura boʻlim boshligʻi Oʻktam Oʻtayev, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshligʻi Islomiddin Xoliqov ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Unda qayd etilishicha, ushbu tazyiq va zoʻravonlik holatlarining 27 mingdan ortigʻi — oilada, 3 mingdan ortigʻi — koʻchada, 1 mingdan ortigʻi — jamoat joyida, 81 tasi — taʼlim muassasasida, 429 tasi — ish joyida sodir etilgan.
Jismoniy zoʻravonlik — 9155 ta, jinsiy zoʻravonlik — 68 ta, iqtisodiy zoʻravonlik — 340 ta, ruhiy zoʻravonlik — 18 mingdan ortiq, tazyiq — 6 mingdan ortiq.
Fargʻonada — 2520 nafar, Xorazmda — 1501 nafar; Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiyda esa tazyiq va zoʻravonlik holati kamaygani aniqlandi.
Himoya orderi berish natijasida 16 mingdan ortiq oila yarashtirilgan, 14 mingdan ortiq nizo bartaraf etilgan, rasmiylashtirilgan 2862 ta himoya orderi natijasida maʼmuriy / jinoiy javobgarlik belgilanib, xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklangan.
Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish hamda ijtimoiy reabilitatsiya ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 6 ta qarori, 4 ta qonun loyihasiga asoslantirilgan takliflar kiritilgan. 8 ta vazirlik va idoralar bilan oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etish boʻyicha 2022-yil iyul-dekabr oylariga moʻljallangan hamkorlik dasturiga oid qoʻshma qaror qabul qilingan va ijrosi nazoratga olingan.
9 ta vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy davlatlarga uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslar, voyaga yetmaganlar orasida salbiy holatlar barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash boʻyicha hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, ijroga yoʻnaltirilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q