Jamiyat
Bugun, 4 oktabr kuni ertalab, taxminan, 08:30 lar atrofida Chirchiq shahridagi “Maksam Chirchiq” AJ qarashli 5-zavodda yongʻin sodir boʻlgan, uning oqibatida ishlab chiqarish obyektida portlash sodir boʻlgani haqida xabar berilgandi.
Vaziyatni bartaraf etish boʻyicha Toshkent viloyati fuqaro muhofazasi boshligʻi – viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tegishli mutasaddilarga topshiriq bergan.
“Holat FVV va huquq-tartibot idoralari tomonidan darhol nazoratga olingan. Hozirgi paytda zavodda yongʻinni qurshab olish va oʻchirish chorasi koʻrilmoqda.
Mazkur vaziyatni keltirib chiqargan sabablar va oqibatlari yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi”, — deyiladi viloyat axborot xizmati xabarida.
Qayd etish kerak, hozirda hodisadan jabrlanganlar haqida maʼlumotlar yoʻq.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109660
Jamiyat
94043
Jamiyat
89823
Jamiyat
72979
Jamiyat
//
Izoh yo‘q