Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya tomonining taklifiga binoan 3-4-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Bu ikki mamlakat yetakchilarining oʻtgan yil mart oyida Toshkent shahrida oʻtgan uchrashuvida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Oʻzbekiston rahbarining javob tashrifi sanaladi.
Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, tashrif doirasida Budapesht shahrida Vengriya prezidenti Katalina Novak va bosh vaziri Viktor Orban bilan oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston-Vengriya sammitining kun tartibidan strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, qishloq xoʻjaligi, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.
Oʻzaro savdoni koʻpaytirish, farmatsevtika, agrosanoat majmui, mashinasozlik, suvni tejash va boshqa yoʻnalishlarda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashiladi.
Muzokaralar yakunida qoʻshma bayonot va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini imzolash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, davlat rahbari Vengriyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazishi koʻzda tutilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q