Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Saqlash
16:51 / 30.09.2022 754 0

Oʻzbekistonda dam olish kunlari havo harorati pasayadi.

 

Oʻzgidromet xabariga koʻra, bugun, 30-sentabr kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo oʻzgarib turadi, hududning katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, Kavkaz hududlaridan kuchsiz ifodalangan antitsiklon kirib kelishida faqat Qoraqalpogʻiston boʻyicha baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Kunduzi havo harorati 20-25 daraja atrofida boʻladi.

 

Ertaga, 1-oktabr kuni antitsiklon respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Toshkent viloyatida kechasi va ertalab va Fargʻona vodiysi viloyatlarida hamda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 10-15 daraja boʻladi, kunduzi 21-26 darajagacha pasayadi.

 

2-oktabr kuni antitsiklon taʼsiri davom etadi. Oʻzbekiston boʻyicha quruq va salqin ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kechasi termometr ustuni 8-13 darajagacha pasayadi, kunduzi 21-26 darajagacha atrofida boʻladi.

 

Ushbu kunlarda shimolda, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//