Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi

Saqlash
16:38 / 30.09.2022 718 0

Bugun, 30-sentyabr kuni Samarqanddagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

 

 

Unda Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz pedagog xodimlariga bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

 

 

 

“Har bir inson hayotda qanday yutuqqa erishgan boʻlsa, ularda qadrdon oʻqituvchi va ustozlarining beqiyos hissasi borligini umrbod minnatdorlik bilan eslaydi”, — deyiladi davlatimiz rahbarining qutlovida.


Prezidentimiz maktablarning oʻquv dasturlari, oʻqitish uslubi, darsliklar mazmunini tubdan qayta koʻrib chiqish boʻyicha boshlangan ishlar albatta mantiqiy yakuniga yetkazilishi, oʻqituvchi va domlalar, tarbiyachi va murabbiylar, ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoit yaratish, ularning mashaqqatli mehnatini ragʻbatlantirish, moddiy taʼminotini yaxshilash borasidagi ishlar yangi bosqichga koʻtarilishini taʼkidlaganlar.


Bayramingiz muborak boʻlsin, hamisha sogʻ-omon boʻling, aziz ustozlar!

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//