“Ayni paytda u jonlantirish boʻlimida. Sunʼiy nafas olish apparatiga ulangan”. SSV xonanda Zohidning ahvoli haqida maʼlumot berdi

Saqlash
15:43 / 30.09.2022 745 0

Kecha, 29-sentyabr kuni tunda Toshkentda “Ummon” guruhi sobiq aʼzosi Zohid Risqiyev rulda boshqaruvida boʻlgan avtomashina YTHga uchragani hamda bir kishi vafot etgani haqida xabar bergandik. SSV jarohatlanganlar ahvoli haqida maʼlumot berdi.

 

Xabarga koʻra, Z.R.ga (xonanda) “Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. Bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Chap yelka sohasi yumshoq toʻqimalari lat yeyishi. Koma 1-2 daraja” tashxisi qoʻyilgan.

 

Tibbiyot xodimlari tomonidan bemor boshidagi jarohatga birlamchi jarrohlik ishlovi berilgan. Ogʻriqsizlantirilib, IVL apparatiga ulangan. Bosh qismi MSKT, ichki aʼzolari esa UTT kabi barcha zaruriy tekshiruvlardan oʻtkazilgan.


Ayni paytda Z.R. jonlantirish boʻlimida. Sunʼiy nafas olish apparatiga ulangan. Unga barcha tegishli tibbiy muolajalar koʻrsatilmoqda.


Shuningdek, “Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. Bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Koʻkrak qafasi lat yeyishi” diagnozi qoʻyilgan yoʻlovchi J.Y. ham jonlantirish boʻlimida zarur davo muolajalarini olmoqda. Uning ahvoli oʻrta ogʻir. Xushida.


Bemor J.I. da esa “Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miya chayqalishi. Chap tomon yuqori qovoq, oʻng tomon jagʻ osti va boʻyin sohalari ezilib yirtilgan jarohatlari” aniqlangan.


Unga tegishli tibbiy yordam koʻrsatilib, zarur muolajalar oʻtkazilgach, ahvoli qoniqarli boʻlgani uchun ambulator sharoitda davolanishi uchun uyiga javob berildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//