O‘zbekiston TIV Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha ayrim masalalarga oydinlik kiritdi

Saqlash
14:47 / 30.09.2022 729 0

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi soʻnggi vaqtlarda fuqarolardan Ukraina atrofidagi vaziyat boʻyicha murojaatlar koʻpaygani munosabati bilan ayrim masalalarga oydinlik kiritdi.


Unda taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston oʻzining tashqi siyosatini amalga oshirishda milliy manfaatlarga, asosiy tamoyillar sanaluvchi, jumladan, ochiqlik, teng huquqlilik, suverenitet, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi ustuvorliklarga doimo sodiqdir.


“Oʻzbekiston mavjud vaziyatni xalqaro huquq normalaridan kelib chiqib siyosiy-diplomatik yoʻl bilan hal etish uchun shartlarni imkon qadar tezroq ishlab chiqish tarafdoridir.


Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kelayotgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari sonining koʻpayishiga toʻxtaladigan boʻlsak, ularning mamlakatimizda boʻlish masalasi, shuningdek, ehtimoliy ekstraditsiya qilinishi Oʻzbekiston qonunchiligi, ikki tomonlama va koʻp tomonlama huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinishini qayd etamiz.


Shu bilan birga, huquqbuzarlik sodir qilmagan xorijiy davlat fuqarolari majburiy deportatsiya qilib yuborilmaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//