Jamiyat
Yunusobod tumanidagi Mega Planet savdo markazi oldida mashhur qoʻshiqchi Zohid Risqiyev boshqaruvidagi BMW YTHga uchradi. U va ikki hamrohi shifoxonaga yotqizilgan, yana bir kishi voqea joyida vafot etgan.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan Mega Planet savdo markazi yaqinida BMW katta tezlikda boshqaruvni yoʻqotib, YTHga uchradi. Rulda qoʻshiqchi Zohid Risqiyev (sobiq “Ummon” guruhi solisti) boʻlgan.
Toshkent shahar IIBBning ushbu hodisa yuzasidan xabar berdi. Unda aytilishicha, 29-sentyabr kuni taxminan soat 23:00 larda BMW rusumli (davlat raqam belgisi 01 H806HA) transport vositasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida avtohalokat sodir boʻlgan. Natijada bir kishi halok boʻlgan.
Xabarga koʻra, 1990-yilda tugʻilgan Z.R. oʻz boshqaruvidagi BMW rusumli transport vositasida Ahmad Donish koʻchasidan Yangishahar koʻchasiga qarab harakatlanayotganda rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl transport hodisasini sodir etgan. Natijada, uning oʻzi hamda yoʻlovchilar — 1995-yilda tugʻilgan J.I. va 1996-yilda tugʻilgan J.Y. kasalxonaga yotqizilgan. 1994-yilda tugʻilgan X.S. voqea joyida vafot etgan.
Qoʻshiqchining holati haqida aniq maʼlumot yoʻq, ayrim xabarlarga koʻra u jonlantirish boʻlimida qolmoqda.
Hozirda hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda BMW haydovchisi Z.R. sobiq “Ummon” guruhi solisti Zohid Risqiyev ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Uning turmush oʻrtogʻi, xonanda Kamola Ortiqova bu maʼlumotni tasdiqlagan. U Instagram sahifasida ushbu maʼlumotlarni joyladi va xalqdan turmush oʻrtogʻini duo qilishlarini soʻradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q