Jahon
Qirgʻiziston Taʼlim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliyev yirik miqdorda pora olganlikda gumonlanib qoʻlga olindi. Bu haqda Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligiga tayanib, mahalliy OAV xabar berdi.
“Oʻta yirik miqdorda pora undirish fakti boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoiy ish doirasida Qirgʻiziston respublikasi taʼlim va fan vaziri A.B. qoʻlga olindi”, — deyiladi Qirgʻiziston IIV xabarida.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, Almazbek Beyshenaliyev xorijlik talabalarning Qirgʻizistondagi oliy oʻquv yurtlarida oʻqishi uchun ulardan 110 ming dollar miqdorida pora olayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.
Vazirlik jinoyat ishi boʻyicha keyingi tergov natijalaridan kelib chiqib batafsil maʼlumot berilishini taʼkidladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q