Jamiyat
“Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylari faoliyatining 2022-yil iyul oyi yakunlari boʻyicha bir yoʻlovchi tashish uchun shakllangan xarajatlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, bunda tashilgan yoʻlovchilar soni 9,77 millionni tashkil qilgan. Avtobuslar yoʻnalishlarda yurgan masofasi esa 6 008,4 ming kmga teng boʻlgan.
Jami xarajatlar — 44 492,7 mln soʻm. Amaldagi yoʻlkira tarifi — 1400 soʻm. 1 yoʻlovchi uchun xarajatlar — 4 554,0 soʻm, 1 km uchun xarajatlar — 7 405,1 soʻm.
Avvalroq “Toshshahartransxizmat” bir oy mobaynida (1-31-avgust holatiga koʻra) 131-sonli yoʻnalish — 224 164, 58-sonli yoʻnalish — 189 414 va 116-sonli yoʻnalish — 163 283 eng koʻp foydalanilgan yoʻnalishlar boʻlgani haqida maʼlumot bergandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q