Haj va Umra ziyorati narxlari arzonlashishi kutilmoqda

Saqlash
14:52 / 29.09.2022 650 0

Toshkentda Haj va Umra xizmati sifatini oshirish, ziyorat narxini arzonlashtirish masalasi muhokama etildi, deb xabar bermoqda OʻzA.

 

27-sentabr kuni Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurgandi. 28-sentabr kuni Toshkent shahridagi “Simpoziumlar saroyi”da Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov ishtirokida oʻzaro muloqot boʻlib oʻtgan.

 

Taʼkidlanishicha, muloqotda haj va umra qiluvchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish, ibodatchilar uchun Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida yanada qulay sharoit hozirlashga doir taklif, mulohazalar bildirildi.

 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Haj va Umra qiluvchi kishilar Alloh taoloning mehmoni ekani, ularga koʻmak bergan, ogʻirini yengil qilgan inson ulugʻ savobga noil boʻlishini eslatdi.

 

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish, din ulamolari ishtirokida anjumanlar oʻtkazish, Samarqand, Buxoro, Termiz kabi qadimiy shaharlarimizga Saudiya Arabistoni fuqarolari ziyoratini tashkil etish boʻyicha bir qator amaliy takliflar, fikr-mulohazalar taqdim etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//