Prezident Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi

Saqlash
09:09 / 29.09.2022 640 0

Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

 

Unga koʻra, mamlakatimizda taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, oʻquv-tarbiya jarayoniga milliy va ilgʻor xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, oʻquvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yoʻlidagi katta xizmatlari, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.  

 

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi” faxriy unvoni bilan:

 

Mustofoyev Jumanazar Safoyevich - Buxoro davlat universiteti Qorakoʻl akademik litseyining matematika fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

 

Shamsidinov Abduqodir Umarovich - Marhamat tumanidagi 47-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni bilan:

 

Mamadaliyev Isomiddin Imomaliyevich - Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya va biologiya fanlari oʻqituvchisi, Namangan viloyati

 

Eshankulov Baxodir Axmadaliyevich - Oʻrta Chirchiq tumanidagi 124-imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktab-internati tarbiyachisi, Toshkent viloyati

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan:

 

Bogdasarova Tatyana Mixaylovna - Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

 

Uralov Abduvali Turgunovich - Guliston tumanidagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabining musiqa madaniyati fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

 

Formanov Shakir Kasimovich - Oʻzbekiston Milliy universitetining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi professori

 

 “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan:

 

Baytemirov Asadulla Xaitboyevich - Zarbdor tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

 

Tuxliyev Nurislam - Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi professori

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

 

Abduvalitov Yergash Buranevich - Toshkent davlat pedagogika universitetining qozoq tili va adabiyoti kafedrasi mudiri

 

Bakirov Abduvali - Angren shahridagi 1-kasb-hunar maktabining maxsus fan oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

 

Dadadjanova Eleonora Abduvaxabovna - Fargʻona viloyati chet tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internati direktori

 

Jalalova Nilufar Abdirashidovna - Yakkasaroy tumanidagi 319- ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

 

Kuchkarov Abdulla Madaminovich - Shovot tumanidagi Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

 

Mardonova Nigora Axatkulovna - Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi tarbiyachisi, Samarqand viloyati

 

Maxmudov Ravshanbek Jalilovich - Guliston davlat universitetining milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi professori, Sirdaryo viloyati

 

Mengliyev Abduraxmon Javliyevich - Qiziriq tumanidagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

 

Mirzabayev Serikbay Dauilbayevich - Nukus shahridagi 2-kasb-hunar maktabining bosh ustasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

 

Rixsiyev Mamurjon Akromovich - Chilonzor tumanidagi 217-umumiy oʻrta taʼlim maktabining texnologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

 

Toshpulatov Bobir Buronovich - Gʻuzor tumanidagi 68-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining fizika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

 

Tursunova Xurmat Toshevna - Kogon tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Buxoro viloyati

 

Xalilova Moxira Kodirovna - Nurota tumanidagi 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

 

 II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan:

 

Adilova Shoira Muxammadiyevna - Oqoltin tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, Sirdaryo viloyati

 

Amirova Zuvayda Shadmanovna - Termiz shahridagi kasb-hunar maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

 

Babadjanov Xushnut - Urganch davlat universitetining rus tili va adabiyoti kafedrasi professori, Xorazm viloyati

 

Davlatova Manzura Asrorovna - Karmana tumanidagi “Begim Kids” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachi-uslubchisi, Navoiy viloyati

 

Yelmuratov Baxitbay Kuanishbayevich - Taxtakoʻpir tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining musiqa fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

 

Jumaniyazova Muxabbat Boltayevna - Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

 

Joʻrayeva Hidoyat Shodiyevna - Navbahor tumanidagi 16-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

 

Zairov Djura Tashpulatovich - Sport yakkakurashlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabining ogʻir atletika boʻyicha murabbiysi

 

Isaqova Adolat Valiyevna - Norin tumanidagi 37-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

 

Ismailova Shoira Pulatovna - Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyining informatika fani oʻqituvchisi

 

Kazabayeva Ozoda Alimuxamedovna - Parkent tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

 

Kuvatova Dilnavoz Namazovna - Qarshi shahridagi 46-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Qashqadaryo viloyati

 

Mamajonova Muxabbatxon Maxkamovna - Qoʻshtepa tumanidagi 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

 

Mirzayeva Ravshanoy Xurbayevna - Paxtaobod tumanidagi 1-kasb-hunar maktabi direktori, Andijon viloyati

 

Misirova Manzura Abdumajitovna - Doʻstlik tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

 

Olimova Zevar Sultonovna - Vobkent sanoat va transport texnikumining maxsus fan oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

 

Raxmonova Xusniya Usmonovna - Payariq tumanidagi “Happy Dreams House” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari, Samarqand viloyati

 

Sabirova Dono Ilxamjonovna - Yakkasaroy tumanidagi “Lider bolalar maktabi” nodavlat taʼlim tashkilotining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Toshkent shahri

 

Saidova Gulbahor Xudayberganovna - Amudaryo tumanidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fransuz tili fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

 

Sobirova Muyassarxon Parpibayevna - Bekobod tumanidagi 2-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Toshkent viloyati

 

Shaymuratova Dilyara Rashidovna - Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 71-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Toshkent shahri

 

 “Doʻstlik” ordeni bilan:

 

Adilova Mashkura Nasirovna - Qibray tumanidagi 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

 

Azimov Mumin Usmanovich - Koʻkdala tumanidagi Chiroqchi pedagogika kolleji direktori, Qashqadaryo viloyati

 

Annayev Tuxtash Jurayevich - Termiz davlat universitetining Oʻzbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

 

Axmedov Ashraf - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti sharq xalqlari fani va madaniyati tarixi boʻlimi boshligʻi

 

Dusova Zuxra Maxmudovna - Tomdi tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi tarbiyachisi, Navoiy viloyati

 

Juravleva Olga Anatolyevna - Paxtakor tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

 

Kadirimbetova Salima Rasbergenovna - Nukus tumanidagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

 

Kambaraliyev Tairjon Nurmatovich - Uchqoʻrgʻon tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

 

Mamatxalilova Gulbaxar Sadirovna - Jalaquduq tumanidagi 29-umumiy oʻrta taʼlim maktabining qirgʻiz tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

 

Nozadze Tamara Vasilyevna - Yashnobod tumanidagi 166-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

 

Nurullayeva Nigora Nazirovna - Urganch davlat universiteti akademik litseyining nemis tili fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

 

Plazinskaya Marina Stanislavna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining musiqa nazariyasi boʻlimi oʻqituvchisi

 

Raxmatullayeva Elvira Railevna - Buxoro shahridagi “The Knowledge Academy” nodavlat taʼlim tashkilotining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

 

Ruziyeva Larisa Raximovna - Samarqand shahridagi 1-imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabi direktori, Samarqand viloyati

 

Tugusheva Zulfiya Fanilevna - Margʻilon shahridagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining nemis tili fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

 

Urazbayeva Mavlyuda Anvarovna - Toshkent shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabining toʻgarak rahbari

 

 “Shuhrat” medali bilan:

 

Abilkasimov Akmal Bekturdiyevich - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani oʻqituvchisi

 

Alimova Gulchexra Gafurovna - P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining liboslar dizayni fani oʻqituvchisi

 

Ataboyeva Sevara Mamasaliyevna - Toshkent shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi

 

Bozorov Sayfullo Sadullayevich - Mirishkor tumanidagi 21-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

 

Botirova Guzalxon Turdiyevna - Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi

 

Davlatov Nosirjon Ergashaliyevich - Quva tumanidagi 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

 

Doniyorov Sodiq Holiqovich - S.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyining kimyo fani oʻqituvchisi

 

Jumaniyozov Erkaboy Raxmonovich - Yangihayot tumanidagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

 

Ikromov Gʻolibjon Tolibjonovich - Shayxontohur tumanidagi 102-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

 

Karimova Farida Azatbayevna - Ohangaron tumanidagi 27-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

 

Kdirbayeva Lala Abdikadirovna - Qoʻngʻirot tumanidagi 43-umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

 

Qarshiboyeva Maʼmura Amirkulovna - Sharof Rashidov tumanidagi “Mubinabonu” oilaviy bolalar uyi rahbari, Jizzax viloyati

 

Qurbonov Boburmirzo Xoshimjonovich - Buvayda tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining kimyo fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

 

Mamadaliyeva Muxayyo Ubaydullayevna - Uchkoʻprik tumanidagi 27-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Fargʻona viloyati

 

Saparova Dilshoda Adashevna - Tayloq tumanidagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

 

Safarov Rustam Dusiyorovich - Yashnobod tumanidagi 77-ixtisoslashtirilgan koʻzi ojizlar maktab-internati direktori, Toshkent shahri

 

Subxonov Nurmurod Haydarovich - Romitan tumanidagi 41-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

 

Tokumbetov Shavkat Kaipnazarovich - Toʻrtkoʻl tumanidagi 63-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

 

Tusmatov Oybek Gʻafurovich - Izboskan tumanidagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

 

Ulugʻberdiyeva Gulchehra Aliqulovna - Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyining matematika fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

 

Umarova Muxayyo Shamshidinovna - Uychi tumanidagi 30-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Namangan viloyati

 

Umrzakov Sarvarbek Muxamadovich - Boʻston tumanidagi 48-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika va informatika fanlari oʻqituvchisi, Andijon viloyati

 

Oʻtalov Lutfulla Narzullayevich - Gʻallaorol tumanidagi 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

 

Fuzailova Xulkar Ergashevna - Jomboy tumanidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

 

Xaitov Xusniddin Xasanovich - Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

 

Xamdamova Muxayyo Soxibnazarovna - Bektemir tumanidagi 293-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

 

Xasanova Aydin Bekturdiyevna - Gurlan tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

 

Xudayberganova Muxayyo Sabirovna - Urganch shahridagi 1-kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, Xorazm viloyati

 

Xusanova Zumrad Nozimjonovna - Mirobod tumanidagi “Excellence Education Group” nodavlat taʼlim tashkiloti rahbari, Toshkent shahri

 

Haydarov Oʻktam Xazratovich - Qorakoʻl tumanidagi 53-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

 

Sharapov Toʻra Neʼmatovich - Yakkabogʻ tumanidagi 40-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

 

Yuldashova Barchinoy Nurillayevna - Konimex tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining musiqa fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish