Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Denov tumani, “Dahana” mahallasida joylashgan 57-maktabning 3-sinf oʻquvchisi qotillik qurboni boʻlgani mazmunida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi izoh berdi.
Aniqlanishicha, Denov tumani “Buyuk ipak yoʻli” mahallasida yashovchi M.Q. (ayol) 2022-yil 27-sentyabr kuni soat 17:25 larda oʻziga oldindan tanish boʻlgan, 2013-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan Z.Q.ni Sariosiyo tumaniga olib borib, keyin uyiga qaytib kelgan vaqtida voyaga yetmagan Z.Q.ning sogʻligʻi yomonlashganini koʻrib, bila turib, uni hayoti xavf ostida qolganligi va oʻzini-oʻzi himoya qilish imkoniyatidan mahrum boʻlganligini anglagan holda unga yordam koʻrsatmasdan, shu mahallada joylashgan Denov tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 15-maktabning hovlisiga olib borib tashlab ketganligi oqibatida voyaga yetmagan Z.Q. maktab hovlisida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 28-sentyabr kuni Denov tumani prokuraturasi tomonidan M.Q.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari tuman IIB TB tomonidan olib borilmoqda.
Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112452
Jamiyat
95116
Jamiyat
91358
Jamiyat
76036
Jamiyat
//
Izoh yo‘q