Siyosat
Otabek Nosirov Yangiyer shahriga hokim etib tayinlandi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Nosirov 2019-yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
U ushbu lavozimda 2022-yilning iyul oyida kasallik tufayli vafot etgan Ilyor Xoʻjayevning oʻrnini egallaydi.
Otabek Nosirov 1976-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy. 1999-yilda Jizzax politexnika institutini, 2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q