Sport
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida 27-sentabr kuni Kosta-Rikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazdi.
Janubiy Koreyada tashkil etilgan bahsda terma jamoa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. Oʻzbekiston terma jamoasi safida Eldor Shomurodov 26-daqiqada hisobni ochdi. Ushbu hisob oʻyinning katta qismida saqlanib turdi. Biroq oʻyinga qoʻshib berilgan daqiqalarda Kosta-Rika ketma-ket 2 ta gol urib, gʻalabani ilib ketdi.
Qayd etish kerak, Srechko Katanes shogirdlari 23-sentabr kuni Kamerundan ustun kelgandi (2:0). Kamerun ham, Kosta-Rika ham JCH—2022 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.
Oʻrtoqlik oʻyini, 27-sentabr
Oʻzbekiston — Kosta-Rika 1:2
Gollar: Eldor Shomurodov 26, Entoni Ernandes 90+3, Kendall Vaston 90+3.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q