Moʻynoqda “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali oʻtkaziladi

Saqlash
15:09 / 26.09.2022 659 0

29−30-sentyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali oʻtkaziladi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Festivaldan maqsad Qoraqalpogʻistonda, xususan, Moʻynoq tumanida oʻziga xos boʻlgan gastronomik turizm salohiyatini keng targʻib qilish, hududda madaniy va koʻngilochar tadbirlar sonini oshirish va bu orqali hududga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlarning sonini yanada koʻpaytirish ekani qayd etilgan.

 

Tadbirdan davomida mahalliy oshpazlarning baliq taomlarini tayyorlash boʻyicha mahorat darslari, oshpazlar oʻrtasida bellashuv, mahalliy hunarmandlarning koʻrgazmalari, milliy estrada va folklor ijrochilari, milliy raqs ansambli tomonidan konsert dasturi va boshqa koʻngilochar tadbirlar namoyishi boʻlib oʻtadi.

 

Marosim soʻngida musobaqa gʻoliblari taqdirlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish