Siyosat
Behzod Qobulov Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
U mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar “Yoshlar kundaligi” media loyihasi rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Qobulov 1984-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, mutaxassisligi jurnalist. Jurnalistika sohasi boʻyicha magistr akademik darajasiga ega.
2008—2011-yillarda OʻzFA I.Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq instituti aspiranturasida tahsil olgan. Yuzdan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar muallifi.
Mehnat faoliyati davomida respublikadagi nufuzli nashrlar, Toshkent viloyati hokimligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Avvalroq Zoir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi etib tasdiqlangandi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112452
Jamiyat
95116
Jamiyat
91358
Jamiyat
76036
Jamiyat
//
Izoh yo‘q