Sport
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida 23-sentabr kuni Kamerunga qarshi oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazdi.
Janubiy Koreyada tashkil etilgan bahsda Srechko Katanes shogirdlari 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Milliy terma jamoaning gollariga Hojimat Erkinov va Oston Oʻrunov mualliflik qildi.
Qayd etish kerak, Kamerun JCH—2022 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Jamoa noyabr-dekabr oylarida Qatarda boʻlib oʻtadigan mundialda qatnashadi.
Oʻzbekiston MTJ navbatdagi uchrashuvini Kosta-Rikaga qarshi oʻtkazadi. Kosta-Rika ham JCH—2022 ishtirokchisi hisoblanadi.
Oʻrtoqlik oʻyini, 23-sentabr
Oʻzbekiston — Kamerun 2:0
Gollar: Hojimat Erkinov, 25; Oston Oʻrunov, 76.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
111703
Jamiyat
94652
Jamiyat
90644
Jamiyat
75199
Jamiyat
//
Izoh yo‘q