Maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Saqlash
16:39 / 23.09.2022 1020 0

 

Avvalroq, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtayotgani hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovi gʻoliblari aniqlangani haqida xabar bergan edik.

 

Qayd etilishicha, bu yil tanlov yangiligi sifatida 5 ta nominatsiya ham joriy etildi. Xususan, “Davlat tilida ish yuritish boʻyicha eng namunali vazirlik-idora” nominatsiyasi boʻyicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Eng faol kitobxon vazirlik-idora” nominatsiyasi boʻyicha Kadastr agentligi, “Eng faol targʻibotchi vazirlik-idora” nominatsiyasi boʻyicha Madaniyat vazirligi, “Eng yaxshi vazirlik-idora sayti” nominatsiyasi boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «OAV va ijtimoiy tarmoqlarda eng faol vazirlik-idora» nominatsiyasi boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligi taqdirlandi.



“Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida Ichki ishlar vazirligi 1-oʻrin (92,5 ball), Mudofaa vazirligi 2-oʻrin (92,1), Milliy gvardiya va “Oʻzkimyosanoat” AJ 3-oʻrinni (88,4) egalladi. Shuningdek, Davlat soliq qoʻmitasi 4-oʻrin (81,3), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 5-oʻringa (78,6) munosib topildi.

 

 

 

 

 

 

Har ikki tanlovning mutlaq gʻoliblariga Prezident sovgʻasi – “Damas” avtomobili va 15 million soʻmlik kitoblar toʻplami taqdim etildi. 2-oʻrin egalariga – 40 million soʻm pul mukofoti va 12 million soʻmlik kitoblar toʻplami; 3-oʻrin sohiblariga – 25 million soʻm pul mukofoti va 8 million soʻmlik kitoblar toʻplami; 4-5-oʻrinlarga esa – 10 million soʻmlik pul mukofoti topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//