Siyosat
Ayni damda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatrida boʻlib oʻtmoqda.
.png)
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻba mudiri Abduxalil Mavrulov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, Senator Minhojiddin Mirzo ochib berdi.
.png)
“Komissiya tomonidan 2022-yilda oʻtkazilgan «Eng namunali tuman va shahar” tanlovida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli yoʻlga qoʻygan, bu borada yuqori samaradorlikka erishgan hamda oʻz hududida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlagan 14 ta tuman va shahar hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida 21 ta vazirlik va idora ishtirok etdi», dedi Minhojiddin Mirzo.
.png)
Yakuniy natijasiga koʻra, “Eng namunali tuman va shahar” tanlovida Yangiqoʻrgʻon tumani 1-oʻrin (82,4 ball), Sariosiyo tumani 2-oʻrin (81,2), Karmana tumani 3-oʻrinni (77,1) egalladi. Shuningdek, Zomin tumani 4-oʻrin (75,2), Shirin shahri 5-oʻringa (72,2) loyiq koʻrildi.
.png)
.png)
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111648
Jamiyat
94644
Jamiyat
90633
Jamiyat
75147
Jamiyat
//
Izoh yo‘q