Siyosat
Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari nutqining avvalida iqtisodiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan, mehnatkash, bagʻrikeng, koʻpmillatli poytaxt viloyati ahliga chuqur hurmati va eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Toshkent viloyati oʻzining tabiiy va qazilma boyliklari, sanoat va transport-logistika salohiyati, barqaror energiya taʼminoti, malakali mehnat resurslari bilan ajralib turishi taʼkidlandi.
“Mavjud barcha imkoniyatlarni toʻliq ishga solib, viloyatga yanada koʻp investitsiya olib kelish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi korxonalar va ish oʻrinlarini koʻpaytirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi muammolarini hal etish doimo eʼtiborimiz markazida boʻladi”, dedi Prezident.
Sessiyada Toshkent viloyatiga hokim tayinlash boʻyicha tashkiliy masala koʻrib chiqilmoqda.
Prezidentimiz 2021-yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Mirzayev Zoyir Toirovich nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
Nomzod boʻyicha muhokamalarni boshlashdan avval soʻzni nomzodga berib, uning 10 oy davomida viloyatda toʻplagan tajribasi va xulosalari asosida kelgusida hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish boʻyicha rejalarini eshitish taklif qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q