Siyosat
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov raisligida oʻtgan respublikadagi tuman-shahar bosh imom-xatiblarining yigʻilishida 4 nafar imom ishdan olindi. Bu haqda diniy idora matbuot xizmatida xabar berildi.
Qayd etilishicha, yigʻilish juda keskin va tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan va joriy yilning oʻtgan davrida masjidlar imom-xatiblari, imom-noiblari va otinoyilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilingan.
“Oʻz vazifasiga vijdonan yondashmagan, moʻmin-musulmonlar ehtiyojlarini qondirishda jiddiy saʼy-harakat qilmagan va imomlik maqomiga munosib boʻlmagan 4 nafar tuman bosh imomi ishdan olindi va 1 nafariga “hayfsan” intizomiy jazosi berildi”, —deyiladi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabarida.
Quyidagi imomlar egallab turgan vazifasidan ozod etilgan:
Surxondaryo viloyati Termiz tumani bosh imomi Ochilov Yahyo;
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani bosh imomi Mamatqulov Mamayusuf;
Andijon viloyati Shahrixon tumani bosh imomi Turgʻunov Izzatulloh;
Toshkent shahar Sergeli tumani bosh imomi Axbutayev Eshmurod.
Shuningdek, Fargʻona viloyati Soʻx tumani bosh imomi Vohidjon Kamolovga intizomiy chora koʻrilgan.
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda shu yilning 8 oyi davomida ish faoliyatdagi xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻygani sababli 15 nafar imom-xatib, 6 nafar imom-noibi va 2 nafar viloyat muhtasib vazifasidan ozod etilgani, shuningdek, 19 nafar imom-xatib va imom noibiga “hayfsan” intizomiy chorasi berilgani alohida taʼkidlangani urgʻulangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentdagi “Aziz ota” jome masjidi imom noibi Mirsobit Vohidov fuqarolarni “samosud” qilishga undovchi videosi sababli ishdan olingandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q