Siyosat
Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan jismoniy shaxslarga vaqtinchalik soliq imtiyozlari berilishi mumkin.
Amaldagi tartibga koʻra, Soliq kodeksining 437-moddasi 9-qismiga muvofiq yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.
Adliya vazirligi muallifligida ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihasida esa Soliq kodeksining 483-moddasini 37-qism bilan toʻldirish taklif qilingan.
Yaʼni, unga koʻra, “2020-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-iyungacha boʻlgan davrda jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 437-moddasi 9-qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanilmaydi”.
Loyiha Adliya vazirligi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 18-iyul kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi (59-son) bayonining 11-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Qayd etilishicha, jismoniy shaxslardan uch baravar miqdorida yer soligʻi undirishni vaqtinchalik toʻxtatib turish orqali, ularni davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish nazarda tutilmoqda.
Maʼlumot uchun, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 45-moddasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatning yoki uning bir qismining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q