Oʻzbekistonda choy oʻsimligi yetishtirilmoqda

Saqlash
14:16 / 22.09.2022 846 0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi doirasida Oʻzbekistonda choy oʻsimligini yetishtirish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi. Bu boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori ham qabul qilingan.

 

Respublikamizning dengiz sathidan 600-1500 metr balandlikda joylashgan togʻ va togʻ oldi hududlari, jumladan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Fargʻona vodiysi viloyatlarida choy koʻchatlari ekilib, Oʻzbekiston tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

 

Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan Tokio qishloq xoʻjaligi va texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda «sayamakaori», «fukimidori», «xokimey», «fushin», «sayamadori» kabi choy navlari koʻchirib keltirilib, respublikamiz yerlarida sinovdan oʻtkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//